"Bavariya" nima sababdan "Liverpul" bilan muzokaralarni to‘xtatdi?

  • 09.07.2025 17:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" Luis Dias uchun mumkin bo‘lgan taklifning yuqori chegarasini belgiladi.

"CF Bayern Insider" ma’lumotlariga ko‘ra, myunxenliklar "Liverpul" vingeri uchun ko‘pi bilan 60 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashga tayyor.

Klub Diogu Jota va uning ukasi Andrening vafotidan so‘ng vaziyatga nisbatan ehtiyotkorlik va mulohaza bilan yondashmoqchi. Shu sababli, myunxenliklar "Liverpul" bilan transfer bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qildi.

Shunga qaramay, "Bavariya" allaqachon Luis Diasning agentiga yozda futbolchini sotib olish niyati qat’iy ekanligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!