"Bavariya" Oliseni "Real"ga sotish niyatida emas
Myunxenning ",Bavariya", klubi vinger Maykl Olise bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi.
Avvalroq ",Real", prezidenti Florentino Peres saylovda g‘alaba qozongan taqdirda top-klublardan birining futbolchisi uchun kamida 150 million yevro taklif qilishini aytgan edi. Ayrim OAVlar gap aynan Maykl Olise haqida ketayotganini yozdi.
Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, ",Bavariya", fransiyalik futbolchini hatto 150 million yoki 200 million yevro taklif qilinsa ham sotishni rejalashtirmayapti.
Hozircha Olisening o‘zi kelajagini ",Bavariya", bilan bog‘lashni xohlayaptimi yoki madridliklarga o‘tishni istayaptimi, bu noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Olise o‘tgan Bundesliga mavsumida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 19 ta assist qayd etgan.

Fikrlar