"Bavariya" Osimxenning transferidan voz kechdi. Sababi...

  • 5 may, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenning "Bavariya"ga transferi barbod bo‘lish arafasida.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Myunxen klubi "Napoli"dan juda ko‘p talablar kelib tushgani uchun endi 24 yoshli nigeriyalik futbolchining transferini tashkillashtirishga harakat qilmoqchi emas.

Qayd etilishicha, neapolliklar prezidenti Osimxenning narxini pasaytirish niyatida emas, u futbolchi uchun 150 million evro talab qilmoqda, «Bavariya» esa 100 milliondan ko‘p taklif qilishga tayyor emas. Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» va PSJ Osimxen uchun raqobatni davom ettiradi.

Ma’lumot uchug, “Napoli” hujumchisi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda 26 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!