"Bavariya" Perishichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 9 avgust, 2019, 09:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich "Bavariya"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

GianlucaDiMarzio.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini ijaraga olishmoqchi va ayni damda klublar o‘zaro faol muzokaralar o‘tkazishmoqda.

Ma’lumot uchun, Perishich o‘tgan mavsum “Inter” safida 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!