Bavariya" prezidenti: "Musialaning sayohati hali tugamadi"

  • 06.12.2024 10:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner Jamal Musialaning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Musialaning "Bavariya"dagi sayohati hali tugamagan. Biz uni qo‘yib yubormaymiz. Jamal allaqachon dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biriga aylandi", - deya Xaynerning so‘zlarini keltiradi "TZ Munchen".

Joriy mavsumda Musiala barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali germaniyalik futbolchining narxini 130 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!