"Bavariya" "Real" etakchilaridan birini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 24 mart, 2021, 08:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq ushbu taklif futbolchini qoniqtirmayapti. Bosh murabbiy Zinedin Zidan Vaskesni tarkibda saqlab qolishni juda ham xohlayapti, ammo klub o‘z taklifini o‘zgartirmoqchi emas.

Ushbu vaziyatdan esa "Bavariya" unumli foydalanib qolmoqchi. Hozirda myunxenliklar Vaskesning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

 Lukas Vaskesning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!