"Bavariya" Sane o‘rniga Tuxelga yoqadigan futbolchi olib kelishi mumkin

  • 19 aprel, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida “Bavariya”ni nafaqat Sadio Mane, balki Leroy Sane ham tark etishi mumkin. O‘zingizga ma’lum, yaqinda bu futbolchilar o‘rtasida kiyinish xonasida katta mojaro bo‘lib o‘tgan va senegallik futbolchi germaniyalik jamoadoshiga qo‘l ham ko‘targan edi.

Sane ushbu mojaro tufayli mavsum oxirida "Bavariya"ni tark etishi mumkin - u myunxenliklar safida o‘zini noqulay his qilmoqda. Calciomercatoweb xabariga ko‘ra, "Bavariya" vingerning ketishi mumkinligini hisobga olib, "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda. Qayd etish lozimki, nemis grandi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 25 yoshli italiyalik futbolchining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Nufuzli transfermarkt portali ekspertlari Federiko Kezani 50 million evroga baholamoqda. U joriy mavsum "Yuve" safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!