
"Bavariya" shartnomalarni uzaytirishda davom etmoqda
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara jamoa bilan bitimni uzaytirdi.
Kicker nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar 2023 yilgacha kelishuvni amalga oshirishgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi Myunxen klubi uchun 227 ta uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 38 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, nemis klubi bosh murabbiy Xans-Diter Flik hamda hujumchi Tomas Myuller bilan shartnoma muddatini uzaytirib olgandi.
Fikrlar