"Bavariya" Tuxel bilan yana bog‘landi. Tomas yangi mavsumni Bundesligada boshlashga yaqin turibdi

  • 5 yanvar, 2020, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi hamon PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelni Myunxenga olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Le10Sport nashrining xabar berishicha nemis grandi bu borada Tuxel bilan bog‘langan. Aynan 46 yoshli germaniyalik mutaxassis “Bavariya”ni boshqarish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Niko Kovachni iste’foga chiqargach jamoani mavsum oxirigacha Xans-Diter Flik boshqaradigan bo‘ldi.

“Bavariya” Bundesliganing o‘tgan 17 ta turidan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “RB Leyptsig”dan 4 ochko ortda qolishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!