“Bavariya” uch futbolchini haydab, ikkita superhujumchi oladi
Germaniya grandi “Bavariya” kelasi mavsum oldidan tarkibini yangi avlod hujumkor futbolchilari bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Sport Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning ma’lum qilishicha, myunxenliklar “Atletik”dan Niko Uilyams va “Aytraxt”dan Umar Marmushni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manbaga ko‘ra, bu ikki o‘yinchiga joy ochish uchun “Bavariya” uch nafar futbolchisi bilan xayrlashadigan bo‘ldi.
Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, frantsiyalik Kingsli Koman va germaniyalik Leroy Sane va Serj Gnabri mavsum yakunlanganidan keyin o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak.



Fikrlar