
"Bavariya" uni qo‘yib yubormaydi
“Bavariya” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Leon Goretskani hech qaerga qo‘yib yubormoqchi emas.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Goretska tez orada myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Unga Angliya premer-ligasining bir qator klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda, ammo uning o‘zi “Bavariya”dan ketishni xohlamayapti. Germaniya chempioni ham bu vaziyatda vaqtni boy bermasdan, qishda yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi.
25 yoshli Goretska “Bavariya” safida 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar