"Bavariya" ustozi ilgari sotuvchilik bilan shug‘ullanganini bilarmidingiz?

  • 10 may, 2020, 03:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubining bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Xans-Diter Flik yaqinda myunxenliklar bilan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirgandi.

Tecno

Bungacha katta klublarda bosh murabbiy bo‘lib ishlamagan, asosan yordamchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan mutaxassis uchun bu yangi chaqiriq edi.

Klub jurnali «51»ga bergan intervyusida oldin qanday ish bilan shug‘ullangani, murabbiylikka jiddiy kirishganidan keyin qaysi klublarning ish faoliyatlarini o‘rgangani haqida gapirib o‘tdi.

- Ehtimol mening mehnat yo‘lim biroz noodatiyroqdir. Men 20 yildan buyon sport magazinini boshqarib kelaman, qachonlardir o‘zim ham sotuvchilik qilganman. Men shu tariqa kelajagimni ta’minlashni xohlaganman, ammo murabbiy bo‘lmoqchi ekanligimni doimo bilganman. Men har bir pog‘onani bosib o‘tishni istaganman va klublarda nimanidir o‘rganganman. Hozir bular ishimda yordam bermoqda.

Germaniya futbol ittifoqida dastlab murabbiy, keyin esa sport direktori sifatida ishlagan davrlarimdan beri ko‘plab akademiyalarga tashrif buyurdim. Boshqalar qatorida shuningdek, «Real» va «Barselona» klublari akademiyalarida ham bo‘ldim.

Uch kun davomida «Manchester Siti» va PSJ mashg‘ulotlarini kuzatdim. Shu qatorda «Bavariya»ga ham kelganman. Ketma-ket uch yil «Arsenal»ning Avstriyadagi mashg‘ulot yig‘iniga borganman. O‘shanda men o‘zimga-o‘zim shunday degandim: «Bularning hammasiga e’tibor bilan qara! Bu murabbiy o‘z ishini yanada yaxshiroq qilish mumkinligi haqida juda ko‘p o‘ylaydi. Bulardan o‘z maqsadlaring yo‘lida qanday foydalanishing mumkin?»

Men boshqalarning ishlab chiqqanlaridan nusxa ko‘chirishga hech qachon urinmaganman. Men bu yangi g‘oyalardan o‘zimga turtki berish uchun foydalanganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!