"Bavariya" va Levandovskining uzluksiz rekordlari davom etmoqda

  • 7 iyul, 2020, 00:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" g‘alabasi bilan yakunlangan Bundesliganing 30-turi tarixiy ahamiyat kasb etgandi. O‘shanda "Bayer"ni 2:4 hisobida mag‘lub etgan myunxenliklar qator rekordlarni qayd etgandi. 

Tecno

Eng qizig‘i, Germaniya kubogining final uchrashuvida yana "Bavariya" futbolchilari "Bayer"ga to‘qnash keldi. Bu safar uchrashuv xuddi o‘shanday - 4:2 hisobida "Bavariya" foydasiga hal bo‘ldi va qator rekordlar yangilandi. 

EcHEPefWkAEhqIn-pic905-895x505-78245

Demak, takrorlanmas faktlarga e’tibor qaratamiz.

  • “Bavariya” Germaniya chempionatida 34 ta uchrashuvda 100 gol urdi. 

5ffc0ccd78b934d81b3d1662076ce83f5d6182478d6c2986432717

  • “Bavariya” ketma-ket 8 marta Bundesliga chempioni bo‘ldi. 
  • "Bavariya" 20-marotaba mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 
  • "Bavariya" 13 marta oltin debl qayd etib, rekord o‘rnatdi.
  • “Bavariya”ning barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 26 ta uchrashuvga etkazdi.
  • "Bavariya" ketma-ket 17 ta o‘yinda zafar quchdi.
  • Robert Levandovski Germaniya kubogi finalida ikkita to‘p kiritdi va jami 6 ta gol bilan turnir to‘purari bo‘ldi.
  • Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda 51 ta gol urib, o‘zining to‘rt yil oldingi shaxsiy rekordini yangilandi. U 2016-2017 yilgi mavsumda 47 ta uchrashuvda 43 ta to‘p kiritgandi.
  • 2015 yilda “Volfsburg” bilan o‘yinda zahiradan maydonga tushib, 9 daqiqa ichida beshta gol urgan Robert Levandovski eng tezkor xet-trik, poker va penta-trik muallifi va zahiradan maydonga tushib bir o‘yinda beshta gol urgan yagona futbolchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Polshalik hujumchi hamon to‘purarlik bo‘yicha rekordlarni yangilab kelmoqda.

499251382-1448905200-800

  • Levandovski faoliyati davomida uchinchi marotaba bir mavsumda Bundesligi o‘yinlarida 30 ta gol urdi. Bungacha polshalik forvard 2015-2016 va 2016-2017 yilgi mavsumlardan raqiblar darvozasini 30 martadan aniq nishonga olgandi.
  • Levandovski Bundesligada 31 ta uchrashuvda 34 ta gol kiritib, Evropa chempionatlari to‘purarlari bahsida peshqadamlik qilmoqda. 

rue2c6b9a7fc5

  • “Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller joriy mavsumda assistlari sonini 21 etkazdi.

131432-27

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!