“Bavariya” xafa qilgan Mane ortga qaytib ketmoqchi

  • 18 aprel, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yulduzli onlarini “Liverpul”da o‘tkazgan Sadio Mane o‘tgan yili yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Myunxenliklar senegallik hujumchi uchun liverpulliklarga 32 million evro to‘lagan.

Biroq, “Bavariya”ning muhit Manega to‘g‘ri kelmadi. Yaqinda afrikalik futbolchi o‘zini haqorat qilgan jamoadoshi Leroy Saneni urib, labini yorganidan keyin jamoa ichida unga qarshilar ko‘payib ketdi. Rahbariyat o‘z sha’nini mushti bilan himoya qilgan o‘yinchini jarimaga tortdi.

Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Mane Myunxendan ketib, “Liverpul”ga qaytishni istayapti. O‘z navbatida, Sadio ketganidan keyin Yurgen Klopp uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topa olmadi.

Ta’kidlash joizki, “Bavariya” ham Manedan imkon qadar tezroq qutilmoqchi. Tomas Tuxel bu o‘yinchini rejalariga kiritmagan. Bir mavsum uchun 20 million evrodan ziyodroq maosh oladigan Manening transferi o‘zini oqlamagan, deb qaralmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!