"Bavariya" yana Flikni ortga qaytarishi mumkin, ro‘yxatda yana ikki mutaxassis nomi keltirilgan

CHERY AUTO

"Bavariya" klubi yozda yangi bosh murabbiy bilan mavsumni boshlashidan xabaringiz bor. Ayni vaqtdagi murabbiy Tomas Tuxel jamoada qolmasligini ma’lum qilib bo‘lgandi. 

"Bild" nashrining xabariga ko‘ra, rahbariyat yana Xans-Diter Flikni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdan Erik Ten Xag (MYu) va Roberto De Dzerbi ("Brayton") kabi mutaxassislar o‘rin olgan. 

Eslatib o‘tamiz, Flik 2019-2021 yillar oralig‘ida myunxenliklarga ustozlik qilgan. Uning qo‘l ostida "qizil mashina" treblga erishgan. Xansining oxirgi ish joyi Germaniya terma jamoasi bo‘lgandi, mundialdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng u iste’foga chiqarilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!