
"Bavariya" yangi mavsum uchun uy libosini namoyish qildi. Klub an’anaviy qizil rangidan voz kechadi (foto)
"Bavariya" klubi o‘zining rasmiy saytida yangi 2023/24 yilgi mavsum uchun uy liboslari suratlarini namoyish qildi.
Myunxen grandining uyda foydalanadigan yangi libosi an’anaviy qizil emas, balki oq rangda bo‘ladi. Libos “Adidas” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Ushbu liboslar xizmatidan 20 may kuni foydalanishi aytib o‘tilgan. Shu sanada "qizillar" Bundesliga doirasida "Leyptsig"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar