"Bavariya" yarim himoyachisi "Barsa"ga o‘tmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix klubi ro‘yxatini o‘zgartirmoqchi. Germaniyalik xavbekda faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant bu "Barselona".
"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum yakunida ispan grandiga o‘tmoqchi. Uning transfer qiymati 75 million evroga baholanmoqda. Uning "Bavariya"bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Kimmix 11 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kimmix 2015 yildan beri myunxenliklar safini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar