"Bavariya" yirik xaridni amalga oshirmoqchi
GOAL xabariga ko‘ra,"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Bavariya" qiziqishlari doirasiga kirdi. Myunxen klubi bu yil 31 yoshni qarshi oladigan Robert Levandovskiga uzoq yillik o‘rinbosar qidirmoqda.
Keynning transferi "Bavariya" uchun 120 million evroga tushadi.
Bu mavsumda 26 yoshlik ingliz APLda yetti o‘yinda 5 gol va 1 gollik pasni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Fikrlar