"Bavariya"dagi kursisi "qimirlab" qolgan Nagelsmann APL grandini boshqarishi mumkin

  • 24 mart, 2023, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan xayrlashishga tayyor. Boisi jamoa uning qo‘l ostida Germaniya chempionatida odatdagidek ishonchli tarzda raqiblarini enga olmayati va kutilgan o‘yinni namoyish etolmayapti.

Tecno

Agar ushbu mish-mishlar tasdiqlansa, Nagelsmann ham ishsiz qolmaydi - uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi jiddiy qiziqmoqda. Football.London nashrining ma’lum qilishicha, "shporlar" mavsum yakunini kutmasdan amaldagi bosh murabbiy Antonio Konte bilan ham xayrlashishi va uning o‘rniga aynan 35 yoshli germaniyalik mutaxassisni jalb etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” 25 turdan so‘ng Bundesliga turnir jadvalida Dortmundning “Borussiya”sidan so‘ng 2-pog‘onada bormoqda. Myunxenliklar hisobida 52 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!