
"Bavariya"ning 5 nafar futbolchisi uchun bu ikkinchisi bo‘ldi
"Bavariya"ning ayni damdagi tarkibida to‘p surayotgan bir qator futbolchilar jamoa tarixidagi ikkinchi treblda ham ishtirok etdi.
2013 yilda Yupp Xaynkes boshchiligidagi “Bavariya” ham xuddi 2020 yilgi Xansi Flikning jamoasi singari bir mavsumda 3 ta sovrin qo‘lga kiritgan. E’tiborlisi, jamoaning hozirgi tarkibida to‘p surayotgan 5 nafar futbolchi – Manuel Noyer, David Alaba, Jerom Boateng, Xavi Martines va Tomas Myuller bundan 7 yil oldin ham ushbu natijani qayd etishda bevosita ishtirok etgan.
“Bavariya” o‘z tarixida oltinchi marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar