
"Bavariya"ning asosiy himoyachisi safga qaytdi
"Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar koronavirusdan sog‘aydi va bugun umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Aytish kerakki, bundan 3 hafta muqaddam frantsiyalik futbolchida COVID-19 aniqlangan va Bundesliga tibbiy protokoliga ko‘ra karantinga olingan edi. Uning so‘nggi topshirgan test natijalari manfiy chiqqachgina unga jamoa bilan birga shug‘ullanishga ruxsat berilgan.
Pavar 13 mart kuni Bundesliganing 25-turidan o‘rin olgan “Verder”ga qarshi o‘yinda “Bavariya”ga yordam berishi mumkin. U joriy mavsum Germaniya chempionatida jami 15 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar