"Bavariya"ning ishonchli futbolchisi ketamanga tushib qoldi!

  • 5 iyun, 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Je yozgi transferlar oynasida klub a’zoligini o‘zgartirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 
 
Nemis klubi futbolchini sotishdan 50 million evro foyda olishni mo‘ljallamoqda. Manbaga ko‘ra, Angliya, Italiya va Frantsiya klublarining vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani ta’kidlanmoqda. Yaqin kunlarda o‘yinchi bo‘yicha rasmiy takliflar kelib tushishi kutilmoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli Min Je barcha turnirlarning 43 ta uchrashuvida ishtirok etib, 3 ta gol urdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Janubiy koreyalik himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!