Baxtiyor Ashurmatov "Nasaf"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: Bugun bizning kunimiz emas ekan

  • 31 oktabr, 2020, 19:51
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun g‘alaba qozonganimizda, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirish imkoniyatiga ega bo‘lar edik. Shu bois, yigitlar oxirigacha kurashdi. Afsuski, bugun bizning kunimiz emas ekan. "Nasaf" ayrim vaziyatlarda tezkor harakat qildi, lekin xavfli vaziyatlar, kurashish bo‘yicha raqibdan ustunlik qildik. 

"Nasaf" o‘ziga kerakli bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘ylashimcha, bu 3 ochko jamoaning 2-o‘rinda borishiga asosiy omil bo‘ladi. Qarshiliklarga mavsumning qolgan bahslarida omad tilayman. "Ajdarlar" tezkor, hujumkor o‘yinlari bilan yuqori o‘rinlarni olishga haqli. 

2-o‘rindagi jamoa bilan oradagi farq 8 ochkoga etdi. Oldinda turgan 4 ta tur davomida "Nasaf"ga etib olish qiyin bo‘ladi. Asosiy maqsadimiz kuchli uchlikka kirish edi. Afsuski, muhim o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik.

Chempionat yakuni ham markazlashgan holatda o‘tishiga murabbiylar va mutasaddilar o‘rtasidagi muloqot chog‘ida kelishib olingan edi. Bu qarorga qo‘shilaman. To‘g‘ri, bundan muxlislar aziyat chekishi mumkin.

Norbekov va Berdievning yo‘qligi bilindi. Aslida buni aytmoqchi emas edim. Norbekov tezkor futbolchi sanaladi va bugun qarshi hujumda bizga katta yortam berishi mumkin edi. Uning o‘rnida o‘ynagan Avaz Mamatxo‘jaev va Sardor Azimov ham yaxshi harakat qildi", - dedi Ashurmatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
31/10/2020 23:25
Жанговар уйин булди Кокон зур хафа булманг