"Baxtli raqam" aktsiyasida ikkinchi g‘olib aniqlandi (video)
Bugun SPORTS.uz internet nashri tomonidan "Baxtli raqam" deb nomlangan sovrinli o‘yinning 2-soni bo‘lib o‘tdi.
Bilasiz, o‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar shunchaki "O" harfi bilan Beeline, Ucell, Perfectum Mobile abonentlari - 5454, UMS abonentlari - 77777 va Uzmobile abonentlari esa 1424 raqamlariga SMS ko‘rinishda yuborishlari talab etiladi. G‘olib esa tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi. Generator tanlagan abonent esa g‘olib deb topiladi va Samsung Galaxy A10 smartfoni egasiga aylanadi.
Hozirgina esa "Baxtli raqam" sovrinli o‘yinining ikkinchi g‘olibi aniqlandi. Unga ko‘ra, generator +99890 XXX-82-30 raqamini tanladi va o‘z-o‘zidan ushbu abonent egasi "Baxtli raqam" aktsiyasi g‘olibiga aylandilar. Ushbu raqamga bevosita jonli efir vaqtida qo‘ng‘iroq qilib, ularni mazkur quvonchli xabar bilan xushnud etishga harakat qilib ko‘rildi, ammo afsuski, +99890 XXX-82-30 raqami qo‘ng‘iroqqa javob bermadi.
Shunday bo‘lsada, xodimlarimiz ular bilan yana albatta bog‘lanishga harakat qilib ko‘rishadi. Bu borada o‘yinimizning keyingi sonida batafsil ma’lumot beramiz.

Fikrlar
Тагин адашиб "О" харфини урнига"0(нол)" сонини жунатиб юбормадингизми, мободо.
РАХМАТ.
Голиб ракам абонентларига эса ТАБРИК !!!