
Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard maydondagi muvaffaqiyatsizliklarini oilaviy muammolari bilan izohladi.
"Oila bilan bog‘liq qiyin vaziyatga tushib qoldim. Uyda qiladigan ishlarim juda ko‘p va yana har hafta 75 ming muxlis qarshisida to‘p surishing kerak bo‘ladi.
Barchasiga bir vaqtda ulgurib bo‘lmaydi. Xayolimda turli o‘ylar aylanar edi, shuning uchun asta-sekin maydondan uzoqlasha boshladim.
Odamlar senda pul ko‘p va ajoyib hayotda yashaysan, deb o‘ylaydi, ammo baxtni pulga sotib ololmaysan. Oila hayotimdagi muhim bo‘g‘in. O‘tgan davr menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi", - deydi Lingard.
Fikrlar