
Bayramyan "Rostov"ning qarzdorligi haqida: Karpinning barcha aytganlari rost
"Rostov" klubi yarim himoyachisi Xoren Bayramyan o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Krasnodar" (0:1) ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin klubning moliyaviy inqirozi borasida aytgan gaplarini tasdiqladi.
- Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvining natijasi qandaydur ahamiyatga egamidi?
- "Yo‘q, bosh murabbiy o‘yindan oldin nu mashg‘ulot sifatidagi o‘yin ekanligini aytgandi, ammo barchamiz bunday o‘yinlarda ham g‘alaba qozonishni istaymiz.
Bugun yutqazdik, ammo natija muhim emas edi.
Asosiysi, vazifalarimizni sinovdan o‘tkazib oldik va ularni bajara oldikmi, yo‘qmi, bu eng muhimi.
Bu borada Karpin bizga bajara olganimiz yoki yo‘qligi borasida aytadi."
- OAVda jamoaning moliyaviy inqirozga uchraganligi borasida xabarlar tarqab ketdi. Karpinning ta’kidlashicha, futbolchilarga 3 oy davomida maosh berilmaydi. Buni qanday qabul qilasiz? Bu jamoaga ta’sir qiladimi?
- "Bosh murabbiyi aytganlarining barchasi rost. Qolganlari borasida men hech narsa deya olmayman," - dedi Bayramyan.
Fikrlar