"Ba’zi futbolchilar dimog‘dor bo‘lib qolgan" - Srechko Katanets ayrim iste’dodlarni tanqid qildi

  • 19 sentabr, 2022, 13:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA anjumanlar zalida MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda jamoamiz bosh murabbiyi uning jamoasi Olimpiya terma jamoamiz bilan qanchalik mos kelishi haqidagi savolga javob berdi: 

"Bu ikkisi umuman boshqa daraja. Bunday holatni faqatgina ispaniyaliklarda bor deb o‘ylayman. Ular 14, 16, 18 yoshli terma jamoalaridan boshlab bir xil uslubni o‘rgatishadi. Yosh futbolchi ham terma jamoa darajasiga chiqqanda qanday harakat qilishni biladi. Biz esa bunday tizimdan ancha yiroqdamiz.

Bizda Evropada harakat qiladigan futbolchilar juda kam. Shomurodov bor edi, yaqinda Shukurov ham ular safiga qo‘shildi. BAAdan Turkiya Superligasiga o‘tgani oldinga tashlangan katta qadam bo‘ldi. Uning uchun xursandman.

Ba’zi futbolchilar ozgina o‘yini o‘xshashi bilan hayolida nimalar paydo bo‘lishiga tushunmayman. 20 yoshli o‘yinchilarning ayrimlari dimog‘dor bo‘lib qolgan. O‘zini tutishi ham o‘zgargan. Bu normal holat emas. Ularda men eng zo‘riman, yugurmasligim ham mumkin degan fikr shakllanib qolyapti. Sinchkovlik bilan kuzatsangiz, kim haqida gapirayotganimni tushunasiz.

Shuning uchun yosh futbolchilarni asosiy jamoaga chaqirish oson emas. Ular ertaga o‘z terma jamoasi safida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan futbolchilarga qarshi o‘ynashi kerak. Shu sabab ham men o‘yinchi qachon tayyor bo‘lsa, o‘shanda jalb etmoqchiman".

Srechko Katanets: "Superliga futbolchilari va legionerlarimizni kuzatdim, o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak"

Srechko Katanets nima uchun Oston O‘runov va Shahboz Umarovni MTJ yig‘iniga chaqirganini izohladi

Srechko Katanets: "Kamerunga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsak, Iskanderov bizga yordam bera olmaydi"

"Terma jamoada raqobat bo‘lishi kerak emas" - Srechko Katanets

Katanets: "Masharipov, Shomurodov kabi futbolchilarga ko‘rsatma berish shart emas"

"Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini tashkil etiladimi?" - Srechko Katanetsdan munosabat

Katanets: "Husain Norchaev ko‘proq yugurib, pressing qilishi kerak"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!