
BBC ekspertlari qaysi jamoa EChLni yutishini aytdi
Bu haftadan barchamiz kutayotgan turnir Evropa chempionlar ligasi boshlanadi. Mazkur chempionatda 36 ta jamoa qatnashmoqda. Bular orasida 6 ta Angliya klublari ham mavjud. Ta’kidlash lozimki, tarixda hech bir mamlakatning 6ta klubi bir vaqtning o‘zida Chempionlar ligasida harakat qilmagan.
16 sentyabr, seshanba oqshomida boshlanadigan turnirda jami 189 ta o‘yin o‘tkaziladi. Final bosqichi kelasi yilning may oyida Budapeshtning "Pushkash Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.
BBC futbol ekspertlari mazkur chempionatda jamoalarning imkoniyatlariga baho berishdi:
Deyarli barcha ekspertlar "Liverpul" jamoasining chempion bo‘lish ehtimolini yuqori baholashmoqda. Ularning fikricha, jamoaning amalga oshirgan yangi transferlari Florian Virts, Aleksander Isak va boshqalar juda yuqori klassli futbolchilar va jamoa jempionlikni qo‘lga kiritish uchun tayyor.
Aslini olganda, o‘tgan yili ham guruh bosqichidan so‘ng ko‘plab futbol jurnalistlari va analitiklari "qizillar" jamoasiga juda yuqori baho berishgandi, ammo "Enfild"da bo‘lib o‘tgan parijliklarga qarshi bahsdagi mag‘lubiyat kutilmalarni yo‘qqa chiqargandi.
Fikrlar