Bektemir Meliqo‘ziev «Kanelo» Alvares bilan bitta boks oqshomida jang qiladi. Uning raqibi — besh karra sobiq jahon chempioni!

  • 10 oktabr, 2019, 13:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 4
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziev yilning eng markaziy boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida frantsiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan N‘Dam N‘Jikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lib super o‘rta vazn toifasining WBA InterContinental chempionlik kamari uchun kechadi.

Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul «Kanelo» Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining «Garden Arena»sida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Hassan N‘Dam N‘Jikam faoliyati davomida 41ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning faqatgina to‘rttasida mag‘lub bo‘lgan va bu to‘rttala jang ham jahon chempionlik kamarlari uchun kechgan. WBA yo‘nalishi bo‘yicha uch marta vaqtinchalik, bir marta esa mutlaq jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. WBO yo‘nalishi bo‘yicha ham vaqtinchalik jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. So‘nggi marta u 4 oy muqaddam super o‘rta vazn toifasining etakchisi Kallum Smitga (26-0, 19 KO) qarshi WBA va WBC jahon chempionlik kamarlari uchun ringga chiqib imkoniyatni boy bergandi.

Ayni vaqtda N‘Jikam bokschilarning rasmiy statistika ma’lumotlarini yurituvchi etakchi Boxrec portali reytingida 10 o‘rinda bormoqda. Ma’lumot uchun, hali faoliyatini davom ettirayotgan biror-bir o‘zbekistonlik bokschi bu darajadagi yuqori o‘rinda turgan bokschiga qarshi ringga ko‘tarilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
10/10/2019 13:42
Yaxshi xabar reytingi past bokschilar bilan jang qilib yurgandan ko'ra, kuchli bokschini yutib chempionlikka tezroq davogar bo'ladi.
Komol Omon
10/10/2019 13:33
Омад Бектимир онасини учкургонда курсатгин
Komol Omon
10/10/2019 13:32
Омад Бектимир онасини учкургонда курсатгин
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/10/2019 13:57
Shu bolani kuchli udari borda. hech qanaqa orqaga chekinmay faqat kuchiga eshonib. urish qiladi lekin
10/10/2019 16:59
Зарбаси огир, жуда огир, дош бериш кийин деганди козогистонлик боксер. Омад, кули доим баланд булсин.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
10/10/2019 19:34
tushunmadim.