
Bektemir Meliqo‘ziev yana mashg‘ulotga qaytdi (foto)
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyat yuritayotgan Bektemir Meliqo‘ziev (7-1, 6KO) o‘zining oxirgi jangida Gabriel Rosadodan (26-13-1, 15KO) mag‘lub bo‘lgan edi. Bir muddat tanaffusdan so‘ng, u yana engil mashg‘ulotlarni boshladi.
"Ukam safimizga qaytdi, biz birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik va yaqin orada bo‘lajak janglarga to‘liq tayyorgarlikni boshlaymiz", - deb Murodjon Ahmadaliev o‘z instagram sahifasida post joyladi.
Fikrlar