
Bektemir Meliqo‘ziev yangilangan WBA reytingiga kiritildi, professional bokschilarimiz o‘rinlari bilan tanishing
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev reytingga kiritilib, 12-o‘ringa joylashtirildi,
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Yarim o‘rta vazn (66,6): Shahram G‘iyosov 5-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 8-o‘rin, Botir Ahmedov 3-o‘rinda,
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 2-o‘rin,
Super yarim engil vazn (58,9 kg): Elnur Abduraimov 15-o‘rin;
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Minimum vaznda (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinda.
Fikrlar