
Bekxem “Chelsi” futbolchisiga katta va’da beryapti
“Chelsi”ning yoshi o‘tib qolayotgan hujumchisi Olive Jiru qishki transferlar vaqtida AQShga yo‘l olishi mumkin.
34 yoshli hujumchiga Devid Bekxemning “Inter Mayami” jamoasi da’vogarlik qilyapti. Ular frantsuz hujumchisiga “Chelsi”da etishmayotgan narsa – ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etishga tayyorligini bildirgan. Jiruning kelasi yili Evropa chempionatida ishtirok etish uchun Frantsiya terma jamoasidan taklif olishida bu muhim omil bo‘ladi. Zaxirada o‘tirgan futbolchilarga terma jamoa eshigi yopilib qolishi mumkin.
Jiru bundan oldin Frantsiyadan bo‘layotgan takliflarni rad etgan edi. Chunki u o‘z vaqtida yurtida chempionlik maqomiga erishgan. Tajribali hujumchiniAntonio Konte “Inter”da kutyapti.
Fikrlar