Bekxem “Manchester Yunayted”dan futbolchi so‘radi
Angliya futbolida katta hurmatga ega bo‘lgan Devid Bekxem “Manchester Yunayted”ning zaxira darvozaboni Serxio Romeroni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” klubiga olib ketmoqchi.
Sulsher jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan argentinalik darvozabon xizmatlariga Angliya premer ligasining “Lids” va “Everton” kabi jamoalari ham ehtiyoj sezmoqda.
33 yoshli darvozabon yozda klubga Din Xenderson qaytganidan keyin ketish taraddudiga tushib qoldi. Unga bir necha takliflar bo‘lganiga qaramay, “Manchester Yunayted” ketishiga ruxsat bermadi.



Fikrlar