Bekzod Mamatqulov: “Professional futzal klubi bilan shartnomasi bor futzalchining boshqa jamoada o‘ynashini oq­lab bo‘lmaydi”

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futsal federatsiyasi rahbari Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston milliy chempionatida to‘p surayotgan futzalchilarning turli tijorat musobaqalarida boshqa jamoalar nomidan maydonga tushayotgan futzalchilarni tanqid qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy chempionatida to‘p surayotgan futzalchilarning turli tijorat musobaqalarida boshqa jamoalar nomidan maydonga tushayotganligi haqidagi xabarlar, video lavhalar tarqalmoqda. Bu yaxshi ish emas. Professional futzal klubi bilan shartnomasi bor futzalchining boshqa jamoada o‘ynashini oq lab bo‘lmaydi. Ayniqsa, terma jamoaga nomzod futzalchilarga yarashmaydigan holat. Ayrim holatlarni bu yerda ochiqlashni xohlamayman.

Hamma narsaning chegarasi bor, albatta. Men futzalni kecha yoki bugun ko‘rayotganim yo‘q. Ancha yillardan buyon shu oilaning ichidaman. Tegishli chora ko‘ramiz. Tartib, intizom yo‘q joyda rivojlanish, natija bo‘lmaydi.

Men avvalgi holatlarni yaxshi bilaman. Bu lavozimga kelganimda ayrim jamoalarda  yillab oylik maosh olmagan o‘yinchilar bor edi. Ozmi, ko‘pmi ishlarni bitta tizimga qo‘yib bormoqdamiz. Oxirgi paytlarda klublarda yuzaga kelayotgan vaziyatlardan to‘liq xabardormiz. Yuqori tizimdagi islohotlar sabab maoshlar va mukofot pullari kechikkan bo‘lsa-da, oxirigacha to‘lab beriladi.

Yangi mavsumda yangi tizimni joriy qilishga harakat qilyapmiz. Jim o‘tirganimiz yo‘q", dedi federatsiyasi prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!