
Belal Muhammad qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovni tanqid qildi
36 yoshli UFC chempioni Belal Muhammad qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovni tanqid qildi.
“Men aktiv emasmanmi? Men jangdan qochyapmanmi? Eshiting, Shavkatning tanqidi noo‘rin. Menimcha, avval Rahmonov va Kamaru Usman haqiqiy birinchi raqamli da’vogarni aniqlash uchun kurashishi kerak. Busiz menga qarshi chiqishni o‘ylash juda kulgili. Shuningdek, men iyul oyida chempion bo‘lganman, Shavkat esa 2023 yildan beri jang o‘tkazmadi", — deb yozdi Muhammad X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov MMA da 18 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan.
Fikrlar