Belarus chempionati. Bugun 3 nafar legionerimiz harakat qilayotgan "Energetik-BGU" "Dinamo" mehmoni bo‘ladi

  • 2 noyabr, 2022, 10:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Belarus Oliy ligasi 15-turining qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda poytaxt klublari o‘zaro bahs olib boradi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start olishi belgilangan o‘yinda Minskning "Dinamo"si "Energetik-BGU"ni qabul qiladi. G‘alaba ayni paytda ikkinchi o‘rinda borayotgan mehmonlarni peshqadamga aylantirishi mumkin. 4-pog‘onadagi mezbonlar ham ochkolari sonini 1-o‘rindagi "Shaxtyor"ga etkazib olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, "Energetik" safida Bobir Abdiholiqov, Abduqodir Husanov hamda Amirbek Baqoev kabi legionerlarimiz to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!