Belarus chempionati. "Shaxtyor" g‘alaba qozondi, Yaxshiboevdan golli uzatma

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Belarus Oliy ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" hamda "Dinamo Brest" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Stroitel" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.

Jasur Yaxshiboevning uzatmasidan so‘ng 79-daqiqada Dmitriy Podstrelov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 43 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakkapeshqadamlik qilmoqda.

Belarus Oliy ligasi. 21-tur

"Shaxtyor" — "Dinamo Brest" 1:0 

Gol: Podstrelov (79)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!