Belarus chempionati. Yaxshiboev dubl qayd etdi va yana ikki golga assistentlik qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Belarus chempionatida 15-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekistonlik legionerlar – Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi "Slaviya Mozir" jamoasini qabul qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Har ikkala hamyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Yaxshiboev 2 ta to‘p kiritib, jamoasining yana ikki goliga assistentlik qildi.

Belarus chempionati. 15-tur

“Energetik-BGU” – “Slaviya Mozir” 5:0 

Gollar: 1:0 — Yaxshiboev (4). 2:0 — Tve (47). 3:0 — Yaxshiboev (58). 4:0 — Sovpel (70). 5:0 — Sovpel (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!