Belarus chempionati. Yaxshiboev "Shaxtyor"da ham debyut o‘yinida gol urdi, soligorskliklar peshqadam

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Belarus chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor" Soligorsk hamda "Gorodeya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar  4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Yaxshiboev 46-daqiqada maydonga tushdi va 82-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, soligorskliklar safidagi o‘zining debyut bahsida yangi jamoasi uchun ilk golini kiritdi.

Shu tariqa, "konchilar" hisobidagi ochkolar soni 33 taga etdi va jamoa 2-o‘rindagi BATEdan 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Raqib darvozasiga 10 ta to‘p kiritgan Yaxshiboev esa to‘purarlar poygasida 1-pog‘onani egallab turibdi.

Belarus chempionati. 17-tur

22:30 "Shaxtyor Soligorsk" - "Gorodeya" 4:1 

Gol: Antich (7), Arxipov (38), Ivanovich (40), Yaxshiboev (82) - Baglay (50)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!