Belarus chempionati. Yaxshiboevning jamoasi peshqadamlikni saqlab qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Belarus Oliy ligasida 20-tur uchrashuvlari start oldi.  Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi safarda "Slutsk" ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Yaxshiboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi.

Shu tariqa, soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 40 taga etdi va jamoa turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Belarus Oliy ligasi. 20-tur

"Slutsk" - "Shaxtyor" 0:2

Gollar: Arxipov, 25 (0:1), Antich, 61 (0:2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!