Belarus. Legionerimizning jamoasi yakkapeshqadamga aylanib oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Belarus Oliy ligasida 3-tur o‘yinlari davom ettirilyati. Hamyurtimiz Shahzod Ubaydullaev faoliyat olib boradigan "Shaxtyor" jamoasi o‘z maydonida "Isloch"ni qabul qildi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ubaydullaev hisob 4:0 bo‘lib turgan, 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng soligorskliklar hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va jamoa yakkapeshqadamga aylanib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!