
Belarus prezidenti: Bizda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi!
YouTube’dagi «BelTA» kanalida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning koronavirus bilan bog‘liq holat bo‘yicha keskin fikri paydo bo‘ldi.
Unga ko‘ra prezident kasalxonadagi be’morlarga murojaat qilgan va quyidagi so‘zlarni aytgan: “Ular hatto xavotirlanishmasin. Bizning mamlakatimizdan koronavirusdan hech kim o‘lmaydi. Men buni ochiq e’lon qilyapman”, - deydi Lukashenko.
Ta’kidlash kerakki, Belarusda koronavirusdan vafot etganlar avvaldan turli surinkali kasalliklarga chalingan bo‘lishgan. Gap yurak, o‘pka, qandli diabet va boshqa kasalliklar haqida ketmoqda.
Belarus chempionati Evropada davom etayotgan yagona chempionat hisoblanadi. U erda 2 nafar o‘zbekistonlik futbolchi ham to‘p surmoqda.
Fikrlar