Belarusdan gapiramiz! Bugun hamyurtlarimizni muhim o‘yinlar kutib turibdi

  • 22 noyabr, 2020, 11:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jasur Yaxshiboev, Shahboz Umarov hamda Humoyunmirzo Iminov harakat qilayotgan jamoalar uchun chempionat o‘yinlari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun ular Belarus Oliy ligasi 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Tecno

"Shaxtyor" turnir jadvalining 8-pog‘onasini band etgan "Rux" Brest klubi maydoniga safar qiladi. Ular oldida faqatgina 2 o‘yin qolgan va shu uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozonish evaziga "konchilar" peshqadamga aylanib olishi mumkin. Yaxshiboev jamoasi 1-o‘rindagi BATEning ochko yo‘qotishini ham kutishga majbur.

Shuningdek, Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov sharafini himoya qilayotgan "Energetik - BGU" klubi Minskdan tashrif buyuradigan "Dinamo"ni mehmon qiladi. O‘yin oldidan maydon egalari 38 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining 9-pog‘onasini band qilib turibdi.

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!