
Belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda
Bugun 20 iyul kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 270 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqada o‘g‘il bolalar erkin va klassik yo‘nalishlarda o‘n uchta vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo‘nalishda sakkizta vazn toifasiga kuch sinashishmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bugun chempionatning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Ochilish marosimda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, Buxoro viloyati prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinovlar ishtirok etdi. Bellashuvlar 22 iyulgacha davom etadi.
Fikrlar