Belgiya terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi

  • 22 mart, 2023, 15:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Belgiya terma jamoasining yangi sardori etib tayinlandi. Tibo Kurtua hamda Romelu Lukaku vitse-kapitan bo‘ldi. 

31 yoshli xavbek Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialdan so‘ng faoliyatini yakunlagan Eden Azarning o‘rnini egallaydi. 

Kevin "qizil iblislar" safida 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urgan. Yarim himoyachi 2010 yildan buyon milliy terma jamoada o‘ynab kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!