
Belgiyaning "oltin avlodi"dan navbatdagi antirekord
Belgiya terma jamoasi XXI asrda ilk bor yirik turnirlarda guruhdan chiqa olmadi. Gap bu asrda belgiyaliklar ishtirok etgan Evropa va jahon chempionatlari haqida ketmoqda.
JCh-2022 Belgiya uchun joriy asrdagi oltinchi katta turnir bo‘ldi. Bu vaqtgacha 5 ta jahon chempionati va Evroda belgiyaliklar pley-offga chiqqan edi.
Martines shogirdlari Qatardagi mundialda 4 ochko to‘plab guruhda uchinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar