
Bellator 277 turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Hozirgina AQShning San-Xose shahrida tashkil etilgan, Bellator 277 turniri o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli kechgan turnirning markaziy jangida yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni Ey Jey Makki hamda Patrisio Freyra to‘qnash keldi va ushbu bahsda braziliyalik Freyra ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi asosiy jangda esa yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Vadim Nemkov va Kori Anderson to‘qnash keldi. Jangning uchinchi raundida Anderson beixtiyor boshi bilan zarba berib yuborishi natijasida Nemkov qoshidan jiddiy jarohat oldi va jang to‘xtatildi. Shuningdek, bu bahs bekor qilindi.
Qolgan qarama-qarshiliklar ham qiziqarli kechdi.Quyida, barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Aaron Piko- Adli Edvards- Piko 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Linton Vassel- Timoti Jonson- Vassel 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Prelim kard:
Tayrel Forchun- Rakim Klivlend- Forchun 1-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Dovletjan Yaxshimuradov- Rafael Karvalo- Yaxshimuradov 2-raundda texnik nokaut evaziga g‘olib bo‘ldi.
Kayl Kratchmer--Maykl Lombardo - Kratchmer hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Bobbi Seroni- Kaloba Ramiresa - Serroni 2-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Tayson Miller - Ralana Greysi - Miller 1-raunda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Edvin De Los Santos - Alberto Mendesa - Santos hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Rojelio Luna- Sokrates Ernandes - Luna 3-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Lair Anderson - D.T.Donaldson - Anderson 1-raundda og‘ritish uslubi evaziga g‘alaba qozondi.
Teo Xag- Alana Benson - Xag 1-raundda og‘ritish uslubi bilan zafar quchdi.
Fikrlar