
"Bellator 283". Usmon Nurmagomedov ilk raunddayoq g‘alaba qozondi
AQShning Vashington shtatida "Bellator 283" turniri nihoyasiga etdi.
Asosiy kard janglaridan birida rossiyalik mashg‘ur jangchi Usmon Nurmagomedov oktagonga ko‘tarildi. U mezbonlar vakili Kristofer Gonsalesga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang Usmonning bo‘g‘ish uslubidagi g‘alabasi bilan dastlabki raunddayoq yakunlandi.
Magomedov uchun bu faoliyatidagi 15-g‘alabasi sifatida qayd etildi. Uning "Bellator"dagi rekordi 4:0 ga teng.
Fikrlar