"Bellator 288" turnirida super janglar bo‘ladi

  • 31.08.2022 11:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Joriy yilning 28 noyabr kuni AQShning Chikago shahrida “Bellator 288” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasidan ikki chempionlik bahsi o‘rin olgan. Jumladan, engil vazn (70,3 kg) toifasi chempioni braziliyalik Patrisio Freyre (24-10) rossiyalik Usman Nurmagomedovga (15-0)qarshi o‘z titulini himoya qilsa, yana bir rossiyalik yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasi chempioni Vadim Nemkov (14-2) Kori Andersonga (15-5) bilan revansh jangida oktagonga ko‘tariladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Nemkov-Anderson to‘qnashuvining dastlabkisida Anderson taqiqlangan zarba yo‘llaganligi tufayli, jang bekor bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!