
“Bellator 299” turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!
Irlandiyaning Dublin shahrida “Bellator 299” turniri tashkil etildi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi o‘rta vazn chempioni Jonni Eblin (14-0) hamda Fabian Edvards (12-3) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda amaldagi chempion Eblin 3-raundda nokaut bilan g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. Shuningdek qiziqarli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quyida, qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
Asosiy kard:
O‘rta vazn (83.9 kg)
Jonni Eblin (AQSh) - Fabian Edvardsa (Buyuk Britaniya) — Eblin 3-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Aaron Piko (AQSh) - Pedro Karvalo (Portugaliya) — Piko 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Sara Kollins (Avstraliya) - Shineyd Kavanu (Irlandiya) — Kollins ochkolarga ko‘ra (29-28, 28-29, 29-28) g‘olib chiqdi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Mads Bernell (Daniya) -Daniel Vayxel (Germaniya) — Bernell ochkolarga ko‘ra (29-28, 30-27, 30-27) g‘alaba qozondi.
Yarim o‘rta vazn (77.1 kg)
Levan Choxeli (Gruziya) - Sabax Xomasi (AQSh) — Choxeli 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Prelim kard:
Yarim o‘rta vazn (77.1 kg)
Piter Kuilli (Irlandiya) — Daniel Mikeli (Italiya) — Ushbu jang ta’qiqlangan zarba yoo‘llanganligi sababli jang natijasi bekor qilindi.
Engil vazn (70,3 kg)
Jey-Jey Uilson (Yangi Zelandiya) - Mansur Barnaui (Frantsiya) — Uilson ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) g‘olib chiqdi.
O‘rta vazn (83,9 kg)
Gregori Baben (Frantsiya) - Charli Uord (Irlandiya) — Baben 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Oraliq vazn tofasi
Kiran Klark (Irlandiya) - Prjemyslav Gornogo (Polsha) — Klark 2-raundda bo‘g‘ish evaziga g‘alaba qozondi.
Yarim o‘rta vazn (77.1 kg)
Luka Poklit (Moldaviya) - Roman Faraldo (AQSh) — SabPoklit 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan zafar quchdi.
Oraliq vazn toifasi:
Hasan Magomedsharipov (Rossiya) - Petr Nedjelski (Polsha) — Magomedsharipov 2-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga zafar quchdi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Darra Kelli (Irlandiya) - Jelle Zegersa (Niderlandiya) — Kelli 3- raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Otto Rodriges (Braziliya) - Brayan Mur (Irlandiya) — Rodriges 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Engil vazn (70,3 kg)
Attila Korkmaz (Germaniya) -Davi Gallon (Frantsiya) — Qorqmaz 3-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Azel Adjudj (Frantsiya) - Ibragim Al-Fakih Hassan (Buyuk Britaniya) — Adjudj ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-27, 29-28) g‘alaba qozondi.
Yarim engil vazn (65,8 kg)
Josh O'Konnor (Uels) - Kenni Moxonoanu (Irlandiya) — O’ Konnor ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-26, 30-26) g‘olib chiqdi.
Yarim o‘rta vazn (83,9 kg)
Roman Dabenn (Frantsiya) - Nikolo Solli (Italiya) — Dabenn 1- raundda nokaut bilan zafar quchdi..
Og‘ir vazn (120,2 kg)
Sergey Bilostennyy (Rossiya) - Kasim Aras (Germaniya) — Bilostennyy 1- raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Engil vazn (70,3 kg)
Mark Yuen (Shotlandiya) - Noa Gunon (Frantsiya) — Yuen 2-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.
Minimal vazn (52.2 kg)
Makkenzi Stiller (AQSh) - Kyaru Penko (Italiya) — Stiller ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-26, 30-26) zafar quchdi.
Fikrlar